Русский | O'zbekcha | English
Bosh sahifa Loyiha haqida Arxiv Murojaat uchun
 
 
Siyosat
Iqtisodiyot
Xorij xabarlari
Madaniyat va sport
Hodisalar
Analitika
Foydali saytlar

Центр развития и внедрения компьютерных и информационных технологий

Валюта









Hodisalar

Braziliyadagi uchoq halokatida 200 inson nobud bo'lgan
19 Iyul 2007 07:49
Braziliyaning eng gavjum San-Paulu shahri Kongonxas aeroportida yo'lovchi uchog'i halokatga uchrab yong'in chiqishi oqibatida kamida 200 inson halok bo'lgan. 
Qutqaruv xodimlarining aytishlaricha, A320 uchog'i bortida bo'lgan 186 kishidan biror kishi ham omon qolmagan.
Yerda halok bo'lganlar soni aniqlanayotgani xabar qilingan.
Braziliyaning TAM aviashirkatiga qarashli bo'lgan uchoq San-Pauluga Porto-Alegri shahridan uchib kelayotgan bo'lgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da aeroportning uchish-qo'nish yo'lagida to'xtay olmagan uchoq aeroport hududidan chiqib ketgan.
Shaharning gavjum hisoblanadigan ko'chasidan sirg'alib o'tib, TAM aviashirkati yuklar va yonilg'i mahsulotlari saqlaydigan omborga borib urilgan.
Uchoq borib urilgan paytda to'rt qavatli binoda ko'plab shirkat xodimlari bo'lganlar.
Guvohlar bir portlash ovozini eshitganliklarini aytganlar.
A320 uchog'ining to'xtay olmaganiga halokatdan ilgari San-Pauluda ikki soat mobaynida tinmay yog'ayotgan yomg'ir sabab bo'lgani aytilmoqda.
Kun bo'yi ob-havo sharoiti yomon bo'lgan.
So'ngggi vaqtda ob-havo yomon bo'lgan paytda San-Pauluning Kongonxas aeroportidagi xavfsizlik borasida xavotirlar paydo bo'lgan.
Bir kun ilgari kichikroq uchoq ham uchish-qo'nish yo'lagida to'xtay olmasdan, aeroport chetiga chiqib qolgan.
Uchuvchilar uchish-qo'nish yo'lagida suv yig'ilayotgani va yo'lakni sirpanchiq qilib qo'yayotgani, bu esa uchoq boshqaruvini qiyinlashtirib, nazoratni yo'qotishga olib kelishi mumkinligi to'g'risida bir necha bor shikoyat qilganlar.
Shu yil fevralida mahkama San-Paulu aeroportida yirik uchoqlar parvozi va qo'nishini taqiqilagan, keyinroq parvozlar qayta tiklangan.
So'nggi oylarda uchish-qo'nish yo'lagida ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani xabar qilingan.
San-Pauluning Kongonxas aeroporti Braziliya va Janubiy Amerikaning ko'plab hududlaridan uchoqlar qatnaydigan eng gavjum aeroportlardan hisoblanadi.
Mamlakat Bosh prokurori Rodrigo Pinxo halokat sabablari o'rganish va kimlar mas'ulligini aniqlash uchun tergov boshlanganini ma'lum qilgan.
Braziliya Prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilgan.
BBC
568 marta o`qilgan
 
© Вебсайт агентства www.gzt.uz создан при содействии Общественного фонда поддержки и развития независимых печатных СМИ и информационных агентств.
Адрес электронной почты: gzt@inbox.ru
Разработка и хостинг UZINFOCOM, Система управления сайтом MANAGER