Русский | O'zbekcha | English
Bosh sahifa Loyiha haqida Arxiv Murojaat uchun
 
 
Siyosat
Iqtisodiyot
Xorij xabarlari
Madaniyat va sport
Hodisalar
Analitika
Foydali saytlar

Центр развития и внедрения компьютерных и информационных технологий

Валюта









Hodisalar

Ukrainada kimyoviy zaharlanish xavfi paydo bo'ldi
18 Iyul 2007 11:10
Ukrainada yuz bergan poezd halokati ortidan zaharli bulutlarning kengligi to'qson kvadrat kilometrga teng maydonga tarqalgani xabar qilinmoqda. Qozog'istondan Polshaga borayotgan poezdda o'ta zaharli sariq fosfor bo'lgan.
Lvov shahri yaqinida yuz bergan halokat oqibatida xavfli kimyoviy modda tashib ketilayotgan poezdda yong'in kelib chiqqan va u temiryo'ldan chiqib ketgan.
Dushanba kuni tunida yong'in o'chirilgan, o't o'chiruvchilar doxil yigirmaga yaqin odam shifoxonaga olib ketilgan.
Yaqin atrofdagi qishloqlarda yashovchi yuzlab odamlar boshqa joylarga ko'chirilgan.
90 kvadrat kilometr maydonda 14 qishloq mavjudligi xabar qilingan.
Ukraina Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Aleksandr Kuzmukning aytishicha, vaziyat jiddiydir.
 "Chernobl ortidan biz Ukraina xalqiga jiddiy xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan yana bir mudhish halokat bilan yuzma-yuz bo'lmoqdamiz. Halokat oqibatlari qanday bo'lishini bashorat qilish qiyin. Biz hozirda fosforning qanchalar xavfli ekanligini o'rganayapmiz ", deb aytgan Aleksandr Kuzmuk.
Mutaxassislar havo, suv va tuproq namunalarini o'rganishga kirishganlar.
Biroq Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligi ahvol to'la nazorat ostida degan bayonot bilan chiqdi.
Zaharli bulut tarqalgani xabar qilingan hududdagi aholi ko'chaga chiqmaslik va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilmaslik to'g'risida ogohlantirilganlar.
Fosfor moddasidan asosan o'g'itlar, pestitsidlar, tozalash materiallari va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
BBC
557 marta o`qilgan
 
© Вебсайт агентства www.gzt.uz создан при содействии Общественного фонда поддержки и развития независимых печатных СМИ и информационных агентств.
Адрес электронной почты: gzt@inbox.ru
Разработка и хостинг UZINFOCOM, Система управления сайтом MANAGER