Русский | O'zbekcha | English
Bosh sahifa Loyiha haqida Arxiv Murojaat uchun
 
 
Siyosat
Iqtisodiyot
Xorij xabarlari
Madaniyat va sport
Hodisalar
Analitika
Foydali saytlar

Центр развития и внедрения компьютерных и информационных технологий

Валюта









Loyiha haqida

Bir paytlar jug`rofiy siyosat asoschilari O`rta yer dengizini egallagan davlat butun dunyoga egalik qiladi, degan qarashni ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan, axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o`zgarib ketdi: kimki axborot tarqatishga egalik qilsa, dunyoning taqdiri o`shaning qo`lida bo`ladi. Bizning bunday maqsadimiz yo`q. Niyatimiz ham shunga yarasha: O`zbekiston va chet ellardagi Internetdan foydalanuvchilarni imkon boricha haqqoniy axborot bilan ta`minlashdir.
Bugun Internetdan foydalanishda g`alati bir tamoyil paydo bo`lyapti. Hatto bir idorada ishlaydigan xodimlar ham bir-biri bilan Internet orqali yozishma qilish bilan birga u yoki bu korporativ loyihalarni Internet-forum orqali muhokama qilayotir.
Internetga bo`lgan bunday qiziqish va uning imkoniyatlaridan foydalanish tamoyilini kuchayib borayotgani bizni www.gzt.uz – mustaqil vebsayt tashkil etishga undadi. Uning asosiy maqsadi mamlakatimiz va chet ellarda ro`y berayotgan voqea-hodisalar haqida xabar, informatsiya, tahliliy maqolalar va sharhlar tayyorlab tarqatishdir. Albatta, tovar bo`lgan informatsiya to`liq obyektiv bo`lishi mumkin emas. U tarqatuvchisining nuqtai nazarini aks ettirishi tabiiy. Ammo professional etika nuqtai nazaridan u yoki bu obyektga nisbatan subyektiv munosabatda bo`lishga yo`l qo`yiladi. Binobarin, ro`y berayotgan voqea-hodisalarga o`z nuqtai nazaringdan kelib chiqib, baho berishning yomon joyi yo`q. Shu o`rinda subyektivlikni qanday yengish mumkin, degan savol tug`iladi. Bizningcha, buning birdan-bir yo`li www.gzt.uzni – u yoki bu voqea-hodisa haqidagi turlicha qarashlar, talqinlar minbariga aylantirishdir.
Vebsayt O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ko`magida tayyorlandi.
Bizning elektron pochta adreslarimiz: gzt@inbox.ru, gazeta00@gmail.com 
 
© Вебсайт агентства www.gzt.uz создан при содействии Общественного фонда поддержки и развития независимых печатных СМИ и информационных агентств.
Адрес электронной почты: gzt@inbox.ru
Разработка и хостинг UZINFOCOM, Система управления сайтом MANAGER