Русский | O'zbekcha | English
Bosh sahifa Loyiha haqida Arxiv Murojaat uchun
 
 
Siyosat
Iqtisodiyot
Xorij xabarlari
Madaniyat va sport
Hodisalar
Analitika
Foydali saytlar

Центр развития и внедрения компьютерных и информационных технологий

Валюта









Xorij xabarlari

Pokiston sobiq Bosh vazirini chiqarib yubordi
12 Sentabr 2007 10:33
Pokistonga qaytgan mamlakat sobiq Bosh vaziri Navoz Sharif bir necha soat ichida qo'lga olingan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan. 
Sobiq Bosh vazir 1999 yilgi harbiy davlat to'ntarishida o'zini hokimiyatdan ketkazgan General Parvez Musharraf bilan bellashish uchun vataniga qaytgandi.
 
Bir necha hafta ilgari esa Pokiston Oliy mahkamasi uning qaytish huquqini tiklagan, deb xabar qiladi BBC O'zbek xizmati.
Londondan Pokistonga uchishi oldidan Navoz Sharif o'z vatanida qonun ustuvorligini tiklash niyatida ketayotganini aytgandi.
U Bi-bi-si bilan suhbatda: "Bu demokratiya va diktatura o'rtasidagi kurashdir " - degan.
Janob Sharif o'tirgan tayyora Islomobod zaminiga qo'nishi bilan atrofini qurollilar o'rab olishadi. Ammo sobiq Bosh vazir ikki soat davomida muhojirot ishlari mutasaddilariga o'z pasportini topshirishdan bosh tortadi.
Keyinroq u tayyoradan tushadi va maxsus odamlar qurshovida havo qo'nalg'asining muhim shaxslar uchun mo'ljallangan bo'lmasiga olib o'tiladi.
Keyinchalik u Saudiya Arabistoniga uchgan tayyoraga o'tqazilgani aytilmoqda.
Janob Sharifning qaytishi oldidan uning tarafdorlari havo qo'nalg'asiga kelishgan, ammo ko'p sonli politsiya ularning ichkariga kirishlariga yo'l qo'ymagandi.
Islomobod, Ravalpindi va Attok mintaqalarida Navoz Sharif tarafdorlari va politsiya orasida to'qnashuvlar chiqqani, natijada bir necha insonning jarohatlangani aytiladi.
Janob Sharifning Musulmonlar Ligasi vakillariga ko'ra, Pokiston hukumati bir kun oldin ularning 2 mingga yaqin tarafdorlarini hibsga olgandi.
Navoz Sharifning tarafdorlari uning mamlakatdan chiqarib yuborilishi ustidan shikoyat qilishmoqchi.
 "Pokiston Oliy mahkamasi qaroriga muvofiq Navoz Sharifning mamlakatga qaytishi va bu erda qolishiga izn berilgandi. Endi esa mahkama hukmi buzilmoqda " - deb aytishadi namoyishchilar.
1999 yili davlat to'ntarishida hokimiyatdan ketgan Navoz Sharif mamlakatdan chiqib ketgan va Parvez Musharraf hukumati u bilan 10 yil muhojirotda qolishiga kelishildi, deb aytgandi.
Janob Sharif esa bunaqa kelishuv bo'lganini rad etadi.
Prezident Musharraf Navoz Sharifni  "korruptsiyaga botgan va noqobil ", deb tasvirlab kelgan.
Tahlilchilarga ko'ra, General Musharraf doxil Pokistonning qudratli harbiylari Navoz Sharifni hozirda bir qahramonga aylantirib qo'yishni istashmaydi.
Ammo uning qudratga kelishi uchun faoliyat olib borishiga ham yo'l qo'yish niyatida emaslar.
Prezident Musharraf esa kelasi oy kutilayotgan saylovlarda yana bir muhlatga - 5 yilga qudratda qolishni istayotir.
Yaqin kunlar ichida esa yana bir sobiq Bosh vazir - Benazir Bhutto ham siyosiy faoliyatini davom ettirish uchun Pokistonga qaytish muddatini e'lon qiladi, deb kutilayotir.
Oktyabr oyida esa joriy parlamentning muhlati tugab, saylovlar o'tkazishga ehtiyoj tug'iladi.
Navoz Sharif Prezident Musharraf bilan  "siyosiy bellashuvga " kirishish niyatida Pokistonga qaytgandi.
713 marta o`qilgan
 
© Вебсайт агентства www.gzt.uz создан при содействии Общественного фонда поддержки и развития независимых печатных СМИ и информационных агентств.
Адрес электронной почты: gzt@inbox.ru
Разработка и хостинг UZINFOCOM, Система управления сайтом MANAGER